Сайтда техник ишлар олиб борилмоқда
Ishonch telefoni

(71) 244-87-53

Boshliq virtual qabulxonasi
Vazirlar mahkamasi huzuridagi
Davlat don Inspeksiyasi

Tashkiliy tuzilma

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasining tashkiliy tuzilmasi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasi markaziy apparatining tuzilmasi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasining hududiy inspeksiyalari tashkiliy tuzilmasi

Sifat, don va urug‘lardan oqilona foydalanish bo‘limi mudiri - Xashimov Muxuddinxo‘ja Muxtarxo‘djaevich  

Функционал мажбуриятлари (.doc, 19 kB)

Aloqalar uchun ma’lumotlar: tel/faks: 244-87-49,  e-mail: kriz@uzddi.uz

 

Standartlashtirish, sertifikatlash va metrologiya bo‘limi mudiri - Ahmedov Kamol Xotamovich 

Функционал мажбуриятлари (.doc, 17 kB)

Aloqalar uchun ma’lumotlar: tel/faks: 244-87-54,  e-mail: ssm@uzddi.uz

 

Markaziy laboratoriya mudiri - Nizamov Dilshod Baxtiyarovich 

 Функционал мажбуриятлари (.doc, 18 kB)

Aloqalar uchun ma’lumotlar: tel/faks: 244-87-56,  e-mail: centrlab@uzddi.uz

 

Bosh hisobchi -  Begmuratov Janadil Djamalovich

Функционал мажбуриятлари (.doc, 16 kB)

Aloqalar uchun ma’lumotlar: tel/faks: 244-87-50,  e-mail: finance@uzddi.uz

 

Kadrlar bo'yicha inspektor - Katkova Antonina Anatolyevna

Aloqalar uchun ma’lumotlar: tel/faks: 244-78-52,  e-mail: info@uzddi.uz

 

"O‘zdavdoninspeksiya"ni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan boshliq boshqaradi. "O‘zdavdoninspeksiya" boshlig‘ining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan bir nafar o‘rinbosari bo‘ladi. "O‘zdavdoninspeksiya" boshlig‘i maqomiga ko‘ra vazirning birinchi o‘rinbosariga, boshliq o‘rinbosari - vazir o‘rinbosariga tenglashtiriladi. "O‘zdavdoninspeksiya" markaziy laboratoriyasi mudiri bevosita Davlat don inspeksiyasi boshlig‘iga bo‘ysunadi.

Mintaqaviy laboratoriyalar mudirlari o‘z joriy ishlarini joylashgan joyidagi hududiy bo‘linma bosh davlat inspektori rahbarligida va markaziy laboratoriyaning metodik yordamida amalga oshiradi.

Matbuot xizmati to‘g‘risidagi ma’lumotlar

"O‘zdavdonisnpeksiya”ning Axborot xizmati markaziy apparatining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi. Xizmat rahbari bir vaqta inspeksiya rahbarining matbuot kotibi vazifasini amalga oshiradi. "O‘zdavdonisnpeksiya”ning Axborot xizmatini SSM bo‘limi mudiri Atabaev Maxamedjan Zakirovich boshqaradi.

Aloqalar uchun ma’lumotlar: tel/faks: 244-87-54,  e-mail: info@uzddi.uz

Quyidagilar Xizmatning asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • Inspeksiya rahbariyati tomonidan belgilanadigan axborot siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda qatnashish;
  • Inspeksiya faoliyati sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarning hamda ma’lumotlarni milliy va xorijiy OAVda e’lon qilinishini ta’minlash;
  • milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida Inspeksiya faoliyatining dolzarb jihatlarini, tegishli sohadagi yagona davlat siyosatini amalga oshirish masalalarini yoritish;
  • internet tarmog‘ida Inspeksiya veb-resurslarini tashkil etish, ularning samarali faoliyatini ta’minlash;
  • Inspeksiyaga nisbatan ijtimoiy fikrning ahvolini hamda mahalliy, respublika va xorijiy ommaviy axborot vositalari munosabatini tahlil qilish va ular to‘g‘risida idora rahbariyatini xabardor qilish.

Belgilangan vazifalarni amalga oshirishda quydagi funksiyalarni amalga oshiradi:

  • Xizmat oldida turgan vazifalarni samarali hal etish uchun zarur bo‘lgan axborotlarni Inspeksiyaning boshqa bo‘linmalari bilan o‘zaro hamkorlikda to‘plash va ishlash;
  • ommaviy axborot vositalari uchun xabarlarni (press-relizlar, byulletenlar, obzorlar va shu kabilarni) tayyorlash va tarqatish;
  • Inspeksiya faoliyatiga doir masalalar bo‘yicha bosma materiallarni tayyorlash hamda milliy va xorijiy nashrlarda e’lon qilish, tele- va radioeshittirishlarni tashkil etish, tegishli sohadagi davlat siyosatini amalga oshirish;
  • Inspeksiya rahbariyati va xodimlarining ommaviy axborot vositalari vakillari bilan matbuot konferensiyalari, brifinglari, musohabalari va boshqa uchrashuvlarini tashkil etish;
  • Inspeksiya faoliyatiga doir masalalar bo‘yicha ijtimoiy fikrni hamda milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari pozitsiyasini o‘rganishga doir tahliliy ishlarni amalga oshirish. Inspeksiya rahbariyatiga axborot berish uchun e’lon qilingan dolzarb materiallar sharhlarini tayyorlash;
  • ommaviy axborot vositalari bilan axborot-ma’lumotnoma ishlarini amalga oshirish uchun Inspeksiya faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha tahliliy, statistik va boshqa materiallarning tizimlashtirilgan ma’lumotlar bankini tashkil etish;
  • Inspeksiya faoliyatini eng to‘liq va xolisona yoritish maqsadida milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari hamda jurnalistlar bilan o‘zaro hamkorlikni amalga oshirish;
  • internet tarmog‘ida Inspeksiyaning veb-saytini tashkil etish va uni zamonaviy darajada saqlash.

Xizmatning faoliyati inspeksiya rahbariyati tomonidan tasdiqlangan rejalar asosida yuritiladi.