Сайтда техник ишлар олиб борилмоқда
Ishonch telefoni

(71) 244-87-53

Prezident virtual qabulxonasi
Vazirlar mahkamasi huzuridagi
Davlat don Inspeksiyasi

Yurtimiz yangiliklari

Manba: www.uza.uz

Toshkent viloyatida tadbirkor yoshlarni qoʻllab-quvvatlash uchun 181 milliard soʻm mablagʻ ajratiladi

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati kengashiga 2018 yilda jami 2 ming 821 murojaat kelib tushgan. Shundan 2 ming 638 tasi ijobiy hal etilib, qolgan 183 tasi koʻrib chiqilmoqda. “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturining ijrosi boʻyicha 194 biznes loyihaga 21 ming 442 milliard soʻm miqdorida imtiyozli kredit ajratilib, pirovardida 735 ish oʻrni yaratildi.

Nazm va navo oqshomi

Oʻzbekiston davlat konservatoriyasida “Nazm va navo” kechasi boʻlib oʻtdi. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan musiqiy-maʼrifiy tadbir Alisher Navoiy tavalludining 578 yilligiga bagʻishlandi.

Qoidani buzgan haydovchilar jarimaga tortildi

Toshkent viloyatida svetofor oʻrnatilgan chorrahalarda yoʻl-transport hodisalarining oldini olish, piyodalar oʻtish joylarida fuqarolarning xavfsiz harakatlanishini taʼminlash maqsadida viloyat IIB YHXB tashabbusi bilan navbatdagi “Qizil chiroq!” tadbiri oʻtkazildi. Tadbirda haydovchilar tomonidan svetofor, shuningdek, Yoʻl patrul xizmati inspektorining taqiqlovchi ishoralariga rioya etilishi nazoratga olindi.

Sogʻlom hayotga sogʻlom fikr bilan

Aholi salomatligini muhofaza qilish borasida profilaktika chora-tadbirlarini samarali muvofiqlashtirish tizimi mavjud emasligi fuqarolarning jismoniy faolligi darajasini qoʻllab-quvvatlash va sogʻlom turmush tarzini yuritishda kelishilgan choralar koʻrish imkonini bermayapti.

FOTORЕPORTAJ

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari “Oʻzagrotexsanoatxolding“ aksiyadorlik jamiyati tizimidagi korxonalarning ishlab chiqarish, ekspluatatsiya, taʼmirlash sifatini tubdan takomillashtirish yoʻnalishlari boʻyicha olib borilayotgan ishlari bilan tanishdi.

Germaniyalik investorlar: Oʻzbekiston – Markaziy Osiyodagi eng ishonchli mamlakat

– Oʻzbekistonda soʻnggi yillarda Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida olib borilayotgan islohotlar mamlakatning dunyoga tobora ochilishi, Germaniya, qolaversa, Yevropa Ittifoqi uchun hamkorlik yoʻlidagi katta imkoniyatdir. Mazkur forum ham nemis ishbilarmonlarining Oʻzbekiston iqtisodiyotiga qiziqishidan dalolat beradi.

Yana bir mamlakat Xuan Guaydoni Venesuelaning vaqtincha Prezidenti, deb tan oldi

Albaniya Bosh vaziri Edi Rama Tirana Xuan Guaydoni Venesuelaning vaqtinchalik rahbari, deya bayonot berdi.

Yoʻli ravonning manzili yaqin boʻladi, ammo...

Sirdaryo viloyati hududida avtomobil yoʻllarining umumiy uzunligi 5 ming 263 kilometr boʻlib, uning 3 ming 813 kilometri ichki xoʻjaliklararo, 1 ming 450 kilometri umumfoydalanuvdagi yoʻllar hisoblanadi.

Moʻynoqda qariyb 27 trillion soʻmlik investitsiya loyihalari amalga oshiriladi

Ushbu hujjat bilan sanoat sohasiga 33 ta, xizmat koʻrsatish sohasiga 34 ta va qishloq xoʻjaligi sohasiga 8 ta, jami 75 ta loyiha jalb qilinishi nazarda tutilgan.

Qibrayda “Olimlar shaharchasi“ quriladi

Toshkent viloyati Qibray tumanidagi 60 gektar maydonda “Olimlar shaharchasi” barpo etiladi. Mazkur shaharchaga Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ilmiy-tadqiqot institutlari joylashtiriladi.