Сайтда техник ишлар олиб борилмоқда
Ishonch telefoni

(71) 244-87-53

Prezident virtual qabulxonasi
Vazirlar mahkamasi huzuridagi
Davlat don Inspeksiyasi

“O‘zdavdoninspeksiya”da “G‘alla shtabi-2018” tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 maydagi PQ-3754-sonli “2018 yil boshoqli don ekinlari hosilini yig‘ishtirib olishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining bajarilishini ta’minlash maqsadida 2018 yil hosili uchun ekilgan boshoqli don ekinlari o‘rim yig‘imini uyushqoqlik bilan tashkil etish va amalga oshirilayotgan ishlarni nazorat qilish bo‘yicha “O‘zdavdoninspeksiya”da “G‘alla shtabi-2018” tashkil etildi.

Maxsus buyruq bilan “G‘alla shtabi” tarkibi, shtab a’zolarining vazifalari, don qabul qilishni tashkillashtirish va nazorat qilish hamda amaliy yordam berish bo‘yicha hududlarga biriktirilgan mutaxassislar ruyxati va ularning vazifalari belgilandi.

Inspeksiyaning markaziy apparat mutaxassislari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar inspeksiyalari bosh va etakchi davlat don inspektorlari, markaziy hamda mintaqaviy laboratoriya mudirlari va mutaxassislariga davlat resursiga qabul qilinadigan don va urug‘liklarning sifati va xajmi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish, shuningdek don ettishtiruvchi hamda qabul qiluvchi sub’ektlar orasida yuzaga keladigan nizolarni tezkor va qonuniy xal qilinishini, belgilangan vazifa va funksiyalarni amalga oshirilishini ta’minlash kabi topshiriqlar berildi.