Сайтда техник ишлар олиб борилмоқда
Ishonch telefoni

(71) 244-87-53

Prezident virtual qabulxonasi
Vazirlar mahkamasi huzuridagi
Davlat don Inspeksiyasi

Sirdaryo va Jizzax viloyatida sayyor qabul o'tkazildi

“O‘zdavdoninspeksiya” boshlig‘ining 2017 yil 24 oktyabrdagi 120-i-son buyrug‘i bilan tasdiqlagan “O‘zdavdoninspeksiya” boshlig‘i va uning o‘rinbosari tomonidan don va donni qayta ishlash mahsulotlari sohasida faoliyat yuritayotgan korxona, tashkilot va muassasalar vakillarini hamda jismoniy shaxslarni 2018 yil davomida sayyor shaxsiy qabul qilish jadvaliga asosan Sirdaryo va Jizzax viloyati hokimligi binosida “O‘zdavdoninspeksiya” boshlig‘i vakil qilgan inspeksiya bosh yuriskonsulti N.Xajiev tomonidan sayyor joriy yilning 22 may sanasida sayyor qabuli tashkil qilindi.

Qabulda 48 nafar fuqaro, shu jumladan hududiy inspeksiyasi xodimlari, viloyatdagi don korxonalari rahbarlari va xodimlari, sohaga oid tadbirkorlar, fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etdi.

Inspeksiya bosh yuriskonsulti so‘zga chiqib yig‘ilganlarga 2017 yil 11 sentyabrdagi O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ-445-son Qonuni mazmun mohiyatini tushuntirib, yangi tahrirda qabul qilingan “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonuniga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida axborot berib o‘tdi.

Qabul so'ngida “O‘zdavdoninspeksiya” bosh yuriskonsulti N.Xajiev viloyatdagi don korxonalari rahbarlari va xodimlar, sohaga oid tadbirkorlar, fermer xo‘jaliklari rahbarlari tomonidan qilingan murojaatlar bo‘yicha tegishli javoblarni berdi.