Сайтда техник ишлар олиб борилмоқда
Ishonch telefoni

(71) 244-87-53

Prezident virtual qabulxonasi
Vazirlar mahkamasi huzuridagi
Davlat don Inspeksiyasi

Davlat don inspektorlarining malakasi oshirildi

“O‘zdavdoninspeksiya”ning 30 apreldagi 43-i-sonli buyrug‘iga asosan joriy yilning 15 may sanasida davlat don inspektorlari, laboratoriyalar mutaxassislari ishtirokida o'quv-seminar tashkil qilindi. Tadbirlar o‘tkazish jarayonida boshoqli don ekinlari hosilini yig‘ishtirib olishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida va “Donni qabul qilish va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari bilan hisob-kitob qilish tartibi bo‘yicha” 936-son Yo‘riqnomaning asosiy mazmun va mohiyati tushuntirildi.

Shuningdek, qabul qilinayotgan mahsulotlar ustidan davlat nazoratini o‘rnatish, mahsulotlar sifatiga qo‘yiladigan talablar, ularni aniqlashda qo‘llaniladigan uslublar va ularga qat’iy rioya qilish  bo‘yicha amaliyotlar o‘tkazildi. SHu bilan birgalikda, davlat don inspektorlarning huquq va vazifalari, javobgarligi va majburiyatlari, ular tomonidan hisobotlarni taqdim etish tartibi, muddatlari va shakllari yuzasidan inspektorlarning bilimlari yangilandi.