Сайтда техник ишлар олиб борилмоқда
Ishonch telefoni

(71) 244-87-53

Prezident virtual qabulxonasi
Vazirlar mahkamasi huzuridagi
Davlat don Inspeksiyasi

Korxonalar rahbarlarining hisobotlari eshitildi

"O‘zdavdoninspeksiya"ga yuklatilgan vazifa va funksiyalarga muvofiq "O‘zdonmahsulot" AK bilan kelishilgan holda davlat resurslaridagi donni saqlash va qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi korxonalar va tashkilotlari rahbarlarining donning sifati, saqlanishi va oqilona foydalanilishi masalalari bo‘yicha hisobotlarini eshitish bo‘yicha 2018 yillning 1-yarim yilligi reja-jadvaliga asosan joriy yilning 11 may sanasida "Namangandonmaxsulotlari" , "Uchqo'rg'ondonmaxsulotlarii" va “Popdonmahsulotlari” AJ rahbarlari va mutaxassislarining hisobotlari eshitildi.  Yig‘ilishlarda korxonalar rahbarlari, bosh hisobchilari va laboratoriya mudirlari tomonidan don va don mahsulotlarini qabul qilish, saqlash, ichki tashish, qayta ishlash va ulardan oqilona foydalanishda belgilangan talablarini bajarilmaslik holatlari  tanqidiy muhokama qilinib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan korxona rahbarlari va mas’ul xodimlariga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Shu bilan birgalikda, Namangan viloyatida joylashgan “O‘zdonmahsulot” kompaniyasi tizimiga qarashli korxonalarda tahlil va profilaktika ishlari olib borildi. Ishlar jarayonida korxonalar tomonidan qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik masalallari ko‘rilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar va amaliy yordam berildi.