Сайтда техник ишлар олиб борилмоқда
Ishonch telefoni

(71) 244-87-53

Prezident virtual qabulxonasi
Vazirlar mahkamasi huzuridagi
Davlat don Inspeksiyasi

2018 yil 1 chorak yakunlari

Joriy yilning 19 aprel sanasida “O‘zdavdoninspeksiya”da 2018 yil 1 chorak faoliyati yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan belgilab berilgan iqtisodiy dasturning eng muhim yo‘nalishlari va ustuvor vazifalari amalga oshirilishi yakunlari chuqur o‘rganildi va keng muhokama qilindi.
Shu bilan birga, markaziy apparat mutaxassislari va hududiy bo‘linmalar davlat don inspektorlarining o‘zlariga yuklatilgan vazifalarini yetarli darajada bajarmaganliklari natijasida chora-tadbirlar dasturidagi va Hukumat topshiriqlaridagi ko‘rsatilgan bir qator vazifalarni bajarilishi chorak ida to‘liq ta’minlanmaganligi tanqidiy muhokama qilindi.
Qayd qilingan vazifalarni o‘z vaqtida va samarali bajarilishini ta’minlash, kelgusida talon-tarojlik va kamomadlarni oldini olish, don va don mahsulotlarini qabul qilish, saqlash va qayta ishlashda qonunbuzarlik hollariga chek qo‘yish, o‘tkazilayotgan monitoring va tekshirishlarning samarasini oshirish maqsadida yakuniy qaror qabul qildi.