Сайтда техник ишлар олиб борилмоқда
Ishonch telefoni

(71) 244-87-53

Prezident virtual qabulxonasi
Vazirlar mahkamasi huzuridagi
Davlat don Inspeksiyasi

“O‘zdavdoninspeksiya” yoshlari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasida yoshlar siyosati sohasida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar dasturiga asosan joriy yilning
6 fevral sanasida “O‘zdavdoninspeksiya” tizimida amalga oshirilishi belgilangan tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

Ushbu tadbirlar rejasida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning may oyida “O‘zdavdoninspeksiya”da faoliyat yuritayotgan yosh mutaxassislarning ma’naviy va siyosiy ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti, buyuk siyosiy davlat arbobi I.A.Karimov xotirasini abadiylashtirish uchun barpo etilgan xotira muzeyiga Oqsaroy qarorgohiga tashrif buyurish;

shuningdek, iyun oyida O‘zbekiston Respublikasida 30 iyun – “YOshlar kuni” deb e’lon qilinishi munosabati bilan joriy yilning 30 iyun kunida “O‘zdavdoninspeksiya”da “YOshlar kelajak bunyodkori” shiori ostida “YOshlar haftaligi”ni tashkil etish, bunda O‘zbekiston YOshlar ittifoqi Markaziy kengashidan mas’ul xodim taklif etilib, “O‘zdavdoninspeksiya” markaziy apparatida yosh mutaxassislar ishtirokida seminar-trening tashkil etish kabi tadbirlar rejalashtirilgan.