Сайтда техник ишлар олиб борилмоқда
Ishonch telefoni

(71) 244-87-53

Prezident virtual qabulxonasi
Vazirlar mahkamasi huzuridagi
Davlat don Inspeksiyasi

Yetakchilar yig'ini

Joriy yilning 1-4 noyabr sanalarida Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi «Yoshlar oromgohi»da O‘zbekiston yoshlar ittifoqining vazirlik, idora va tashkilotlar, xo‘jalik birlashmalari hamda siyosiy partiyalardagi yetakchilar kengashi raislari uchun o‘quv-seminar tashkil etildi.

Unda "O'zdavdoninspeksiya" Yoshlar ittifoqi yetakchilari kengashi raisi ham ishtirok etdi.

Yoshlar etakchilari faoliyati samaradorligini yanada oshirish maqsadida tashkil etilgan to‘rt kunlik o‘quv-seminarda “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”da belgilab berilgan ustuvor vazifalarning mazmun-mohiyati, xorijiy davlatlarning yoshlar tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalari, Yetakchilar kengashi o‘rtasida hamkorlik o‘rnatish va quyi tizim bilan unumli ishlash mexanizmlari bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Seminar davomida 2018 yilda vazirlik, idora va tashkilotlar tizimida yoshlar masalalariga oid davlat siyosati borasida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan chora-tadbirlar dasturi loyihalari ishlab chiqildi hamda keng muhokama qilindi. Shu bilan birga, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining mutasaddilari bilan tinglovchilar o‘rtasida yoshlar masalalariga oid davlat siyosatini yuritishda mavjud muammolar bo‘yicha ochiq muloqot o‘tkazilib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

O‘quv-seminar doirasida 2018 yil davomida faoliyat yuritadigan Respublika Yetakchilar kengashi raisi hamda kengash a’zolari saylab olindi.