Ishonch telefoni

(71) 244-87-53

Boshliq virtual qabulxonasi
Vazirlar mahkamasi huzuridagi
Davlat don Inspeksiyasi

Inspeksiya haqida qisqacha

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasi (O‘zdavdoninspeksiya) «O‘zdonmahsulot» davlat aksionerlik korporatsiyasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 4 noyabrdagi 377-sonli maxsus qarori bilan don va donni qayta ishlash mahsulotlari davlat resursining sifati, saqlanishi va oqilona foydalanilishi ustidan davlat nazorati sohasida maxsus vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanib tashkil etilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017 yil 8 avgustdagi PQ-3179-son qarori va Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasi to‘g‘risida Nizomni tasdiqlash haqida” 2017 yil 11 avgustdagi 612-son qaroriga muvofiq inspeksiyaning asosiy vazifalari va tashkiliy tuzilmalariga o‘zgartirishlar kiritilgan.

"O‘zdavdoninspeksiya"ning asosiy vazifalari:

  • davlat resurslaridagi don va donni qayta ishlash mahsulotlari sifatini oshirish sohasida davlat siyosatining so‘zsiz bajarilishini ta’minlash;
  • davlat resurslaridagi don va donni qayta ishlash mahsulotlaridan belgilangan maqsadda oqilona foydalanilishi, ularning sifatli saqlanishi va nobud bo‘lishini qisqartirishning ta’minlanishi, davlat resurslariga xarid qilinadigan donning hamda dukkakli, moyli ekinlar urug‘lari miqdorini va sifatini aniqlashning hamda donni etishtirish, qabul qilish va qayta ishlash korxonalarida ular uchun hisob-kitoblarning ishonchliligi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish;
  • don va donni qayta ishlashni texnik boshqarish sohasidagi normativ-texnik hujjatlar talablariga, shuningdek ularni qabul qilish, saqlash, qayta ishlashda va eksport-import operatsiyalarida sifatini sinash metodlari talablariga rioya etilishi yuzasidan tizimli nazoratni olib borish;
  • respublika ichidagi tashishlarda, davlat zaxirasi joyini o‘zgartirishda sifat sertifikatlari bergan holda eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda don va donni qayta ishlash mahsulotlari sifatini davlat tomonidan majburiy tekshirishlarni o‘tkazish;
  • mamlakat ichida va eksport-import operatsiyalarida foydalaniladigan don va donni qayta ishlash mahsulotlari bo‘yicha nizoli masalalarni o‘z vakolati doirasida hal etish;
  • davlat resurslariga kelib tushadigan yangi don hosili sifatini o‘rganish.