Ishonch telefoni

(71) 244-87-53

Boshliq virtual qabulxonasi
Vazirlar mahkamasi huzuridagi
Davlat don Inspeksiyasi

Funksiyalar va majburiyatlar

Quyidagilar "O‘zdavdoninspeksiya"ning asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • davlat resurslaridagi don va donni qayta ishlash mahsulotlari sifatini oshirish sohasida davlat siyosatining so‘zsiz bajarilishini ta’minlash;
  • davlat resurslaridagi don va donni qayta ishlash mahsulotlaridan belgilangan maqsadda oqilona foydalanilishi, ularning sifatli saqlanishi va nobud bo‘lishini qisqartirishning ta’minlanishi, davlat resurslariga xarid qilinadigan donning hamda dukkakli, moyli ekinlar urug‘lari miqdorini va sifatini aniqlashning hamda donni etishtirish, qabul qilish va qayta ishlash korxonalarida ular uchun hisob-kitoblarning ishonchliligi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish;
  • don va donni qayta ishlashni texnik boshqarish sohasidagi normativ-texnik hujjatlar talablariga, shuningdek ularni qabul qilish, saqlash, qayta ishlashda va eksport-import operatsiyalarida sifatini sinash metodlari talablariga rioya etilishi yuzasidan tizimli nazoratni olib borish;
  • respublika ichidagi tashishlarda, davlat zaxirasi joyini o‘zgartirishda sifat sertifikatlari bergan holda eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda don va donni qayta ishlash mahsulotlari sifatini davlat tomonidan majburiy tekshirishlarni o‘tkazish;
  • mamlakat ichida va eksport-import operatsiyalarida foydalaniladigan don va donni qayta ishlash mahsulotlari bo‘yicha nizoli masalalarni o‘z vakolati doirasida hal etish;
  • davlat resurslariga kelib tushadigan yangi don hosili sifatini o‘rganish.

"O‘zdavdoninspeksiya" o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

  • davlat resurslaridagi don va donni qayta ishlash mahsulotlari sifatini oshirishga doir davlat siyosatining so‘zsiz bajarilishini ta’minlash sohasida:

don va donni qayta ishlash mahsulotlari sifatini oshirish va ulardan oqilona foydalanish davlat dasturlarini tayyorlashda, shuningdek don va donni qayta ishlash mahsulotlari sifatini baholash metodlari va vositalarini ishlab chiqadigan ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlik qilishda qatnashadi;

davlat resurslaridagi don sifatining yomonlashishi, ularning nobud bo‘lishi holati va sabablarini aniqlaydi, zarurat bo‘lganda, ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatmalar beradi hamda davlat resursidagi don va donni qayta ishlash mahsulotlarini saqlash va ulardan foydalanish borasidagi ishlarning holati to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini, mahalliy davlat hokimiyati organlarini xabardor qiladi;

davlat resursi, davlat zaxirasi va donning sug‘urta fondidagi oziq-ovqat balansi hajmlari va tarkibini boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda kelishadi, shuningdek don va donni qayta ishlash mahsulotlarining eksport-import operatsiyalarida ularning hajmlari va tarkibi bo‘yicha takliflarni shakllantiradi;

don va donni qayta ishlash mahsulotlari sifati masalalari bo‘yicha hududiy va xalqaro hamkorlik qilishda belgilangan tartibda qatnashadi;

«O‘zdavdoninspeksiya» tizimi kadrlarini tayyorlash, ularning kasbiy tayyorgarligini oshirish bo‘yicha ishlarni tashkil qiladi;

  • davlat resurslaridagi don va donni qayta ishlash mahsulotlaridan belgilangan maqsadda oqilona foydalanilishini, ularning sifatli saqlanishini va nobudgarchiligi qisqartirilishini ta’minlash yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish sohasida:

quyidagilar yuzasidan nazoratni belgilangan tartibda amalga oshiradi:

donni qabul qilish va qayta ishlash korxonalari tomonidan don va donni qayta ishlash mahsulotlarini zarur darajada joylashtirishni, qayta ishlashni, realizatsiya qilishni hamda ularning sifatli saqlanishini ta’minlash;

don sifatini aniqlashning va uning uchun tovar ishlab chiqaruvchilar va boshqa etkazib beruvchilar tomonidan hisob-kitoblarning, davlat resursidagi don va donni qayta ishlash mahsulotlari hisobini yuritishning, davlat zaxirasi va sug‘urta fondining ishonchliligi, don va donni qayta ishlash mahsulotlari nobudgarchiligini hisobdan chiqarishning asoslanganligi;

omixta ozuqalarni ishlab chiqarish uchun ular sifatining texnik ko‘rsatkichlari, normativ-texnik hujjatlarda belgilangan talablarga muvofiqligini aniqlash;

don va donni qayta ishlash mahsulotlarining sarflangan partiyalari yuzasidan tozalash dalolatnomalarini ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi;

don va donni qayta ishlash mahsulotlari sifatini, saqlash muddatlari o‘tishini aniqlaydi va kelgusida ulardan foydalanish imkoniyati to‘g‘risida xulosalar beradi;

davlat resursidagi donni saqlash va qayta ishlash bilan shug‘ullanadigan korxonalar va tashkilotlar rahbarlarining uning sifati, saqlanishi va undan oqilona foydalanish masalalari bo‘yicha hisobotlarini eshitadi;

  • don va donni qayta ishlash mahsulotlariga normativ-texnik hujjatlar talablariga, shuningdek qabul qilish, saqlash, qayta ishlash va eksport-import operatsiyalarida ularning sifatini sinash metodlariga rioya etilishi yuzasidan tizimli nazorat olib borish sohasida:

nobudgarchilikning belgilangan normalari to‘g‘ri va asosli qo‘llanishi, don etishtiradigan, qabul qiladigan va uni qayta ishlaydigan korxonalarda davlat resursidagi dondan ishlab chiqariladigan mahsulotning chiqish normasiga va sifatiga rioya etilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshiradi;

don va donni qayta ishlash mahsulotlari uchun texnik tartibga solish sohasida O‘zbekiston Respublikasi normativ hujjatlari loyihalarini ishlab chiqishda va kelishishda, donni qabul qilish, saqlash, qayta ishlash va eksport-import operatsiyalarida sinashning amaldagi normativ-texnik hujjatlari va metodlari talablariga rioya etilishi yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshirishda qatnashadi;

  • majburiy davlat tekshiruvini o‘tkazish sohasida:

respublika ichidagi tashuvlarda, davlat rezervi joyini o‘zgartirishda, don va donni qayta ishlash mahsulotlari bilan eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda don va donni qayta ishlash mahsulotlari sifatining majburiy davlat tekshiruvini amalga oshiradi;

don va donni qayta ishlash mahsulotlariga sifat sertifikatlari beradi;

  • mamlakat ichida va eksport-import operatsiyalarida foydalaniladigan don va donni qayta ishlash mahsulotlari sifati bo‘yicha nizoli masalalarni hal etish sohasida:

respublika hududida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasida paydo bo‘ladigan nizoli holatlarda, shuningdek eksport-import operatsiyalarida o‘z vakolatlari doirasida don va donni qayta ishlash mahsulotlari sifati bo‘yicha sinovlar o‘tkazadi hamda jismoniy va yuridik shaxslar uchun majburiy bo‘lgan xulosalar beradi.

«O‘zdavdoninspeksiya»ning don mahsulotlari sifati bo‘yicha xulosasi uzil-kesil hisoblanadi;

  • davlat resurslariga kelib tushadigan yangi don hosili sifatini o‘rganish sohasida:

donning sifati va texnologik xossalarini o‘rganish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining sifatini oshirish va davlat reestrini shakllantirish, shuningdek undan oqilona foydalanish bo‘yicha takliflar berish uchun manfaatdor idoralar va don etishtiruvchilar uchun tegishli tavsiyanomalar tayyorlash maqsadida yangi don hosilini har yili tekshiruvdan o‘tkazadi.

«O‘zdavdoninspeksiya» qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.