Сайтда техник ишлар олиб борилмоқда
Ishonch telefoni

(71) 244-87-53

Prezident virtual qabulxonasi
Vazirlar mahkamasi huzuridagi
Davlat don Inspeksiyasi

“O`zdavdoninspeksiya”ning 2015 yil faoliyati yakunlari tơg`risida

“O`zdavdoninspeksiya”ning 2015 yil faoliyati  yakunlari tơg`risida

“O`zdavdoninspeksiya”ga  yuklatilgan vazifa va funksiyalarga hamda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilab berilgan 2015 yilda iqtisodiy dasturning  eng muhim ustuvor vazifalaridan kelib chiqib, “O`zdavdoninspeksiya”ning 2015 yilda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturiga asosan quyidagi ishlar amalga oshirilgan.

2015 yil davomida “O`zdavdoninspeksiya ” mutaxassislari tomonidan jami 5200,1 ming tonna don maіsulotlari (2014 yilning shu davrida 4325,5 ming tonna) davlat nazoratidan o`tkazilgan.

Jumladan, respublika ichida jami bơlib tashilgan 2891,1 ming tonna (2014 yilning shu davrida 2538,8 ming tonna) mahsulotlardan joriy g`alla mavsumi davomida fermer xơjaliklardan davlat  ehtiyoji uchun qabul qilingan 671,02 ming tonna mahsulotlarining sifati nazorat qilingan.

G`alla tayyorlash mavsumiga don korxonalari va ularga qarashli don qabul qilish shahobchalarining moddiy-texnika bazasini tayyorgarligi bơyicha 2015 yilning aprel-may oylarida ơrganishlar ơtkazilgan, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf  etish bơyicha tegishli kơrsatmalar berilib, amaliy yordamlar kơrsatilgan.

Ơzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 12 maydagi PQ-2345-sonli “2015 yil boshoqli don  ekinlari hosilini yig`ishtirib olishga doir tashkiliy chora-tadbirlar tơg`risida”gi qarorining bajarilishini ta'minlash maqsadida “O`zdavdoninspeksiya”ning 2015 yil 13 maydagi 38-i-sonli buyrug`i qabul qilingan va “O`zdavdoninspeksiya ” markaziy apparatida “G`alla shtabi 2015” tashkil  etilib, inspeksiyaning mutaxassislari hududlarga biriktirilgan va tegishli ishlar olib borilgan.

2015 yilning 15 may sanasida “O`zdavdoninspeksiya”ning hududiy bơlinmalari inspektorlari ishtirokida 2015 yil hosilini qabul qilish, inspeksiyaga  yuklatilgan vazifalarni sơzsiz bajarilishini ta'minlash, bu borada viloyat inspeksiyalari mutaxassislarining bilim va kơnikmalarini oshirish maqsadida ơquv-seminar ơtkazilgan.

Moliya  Vazirligi va Davlat Soliq Qo`mitasi bilan kelishilgan jadval asosida spirt sanoati korxonalaridagi donning kraxmallik darajasini aniqlash maqsadida namunalar tanlab olinib, tahlillar o`tkazilgan va tegishli idoralarga taqdim  etilgan.

Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika Kengashining reja-jadvaliga muvofiq hisobot davrida 13 ta, shundan 2 ta non ishlab chiqarish va 11 ta don mahsulotlari korxonalarida tekshirishlar ơtkazilgan. Ơtkazilgan tekshirishlar natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilinishi  yuzasidan tegishli kơrsatmalar berilgan va ijrosi nazoratga olingan.

Shuningdek, don maіsulotlari sohasi bo`yicha taqdim qilingan  17 ta me'yoriy-texnik xujjat loyihalarining 14 tasi “O`zdavdoninspeksiya” mutaxassislari tomonidan kơrib chiqilgan va ular ustidan tegishli kelishuvlar amalga oshirilgan. Shuningdek, 3 ta xujjatlar bơyicha inspeksiya  mutaxassislari tomonidan qayta ishlash va ơrganishlar ơtkazilmoqda.

2015 yil davomida “Ơzdonmahsulot” AKga qarashli korxonalarda “Sifat kuni” tadbirlarini hududiy ơtkazilishi davom  ettirildi va tadbirlar bayonlari olinib, sifat kuni tadbirlarini malakali ơtkazilishi  yuzasidan tegishli kơrsatmalar berilgan.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maіkamasining 2004 yil 8 iyundagi 269-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasi to`g`risida”gi Nizomga muvofiq “Ơzdonmahsulot” AK tizimidagi 20 ta korxonaning rahbarlarining donning sifati, saqlanishi va oqilona foydalanilishi masalalari bo`yicha hisobotlari  eshitilib, tegishli chora-tadbirlar belgilangan va ijrosi nazoratga olingan.

Tasdiqlangan grafikka asosan 2015 yil davomida “Ơzdonmahsulot” AK tizimidagi Qoraqalpog`iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarda joylashgan don korxonalarida rahbar va mas'ul shaxslarning sohaviy bilimini oshirish va  yuzaga keladigan qonunbuzulish holatlarining oldini olishga jalb  etish hamda donning sifati, saqlanishi, oqilona foydalanish, g`alla mavsumining moddiy-texnika bazasini tayyorgarligi bo`yicha profilaktika va tushuntirish ishlari olib borilgan.

Ơzbekiston Respublikasi Qonunlari, Ơzbekiston Respublikasi Prezidentining xujjatlari va Hukumat qarorlarining ijrosini ta'minlash  yuzasidan tasdiqlangan grafikka asosan “O`zdavdoninspeksiyaya”ning Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlar hududiy bơlinmalarida xujjatlar bilan ishlashni tashkil  etish hamda ijro intizomining ahvoli tanqidiy ơrganilgan.

Ơzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 18 fevraldagi “Keksalarni  ezozlash yili” Davlat dasturi tơg`risidagi PQ-2302-son Qarorini ijrosini ta'minlash maqsadida  “O`zdavdoninspeksiya” tomonidan 2015 yil 20 fevral  kuni amalga oshiriladigan chora-tadbirlar Dasturi tasdiqlangan.

Dasturda belgilangan tadbirlarning tơliq va ơz vaqtida bajarilishini ta'minlash, amalga oshirilayotgan ishlarni muvofiqlashtirish va nazorat qilish  yuzasidan tashkil  etilgan Ishchi guruh zimmasiga manfaatdor vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklari, jamoat va nodavlat tashkilotlari hamda fuqarolarning ơzini ơzi boshqarish organlari bilan hamkorlikda “Keksalarni  e'zozlash yili” Davlat dasturiga muvofiq tegishli ishlar olib borilishi yuklatilgan.

2015 yilning 26 aprel  sanasida Don mahsulotlari sohasida hamda davlat nazorati tizimida halol mehnat qilish bilan birga hukumat va rahbariyat tomonidan berilgan topshiriqlar asosida  yuklatilgan vazifalarni ơz vaqtida bajarib kelib, soha mutaxassislariga ơrnak bơlib kelayotgan 3 nafar faxriylar taklif  etilgan xolda “Keksalar – rivojlanish tayanchi” mavzusida uchrashuv ơtkazilgan.

Uchrashuv  yakuni bilan fahriylar  esdalik sovg`alar bilan taqdirlandilar. Ushbu uchrashuv tơg`risidagi ma'lumotlarni keng ommaga etkazish maqsadida “O`zdavdoninspeksiya ” huzurida akkreditasiyadan ơtkazilgan “Toshkent” va “UZREPORT” telekanallar jurnalistlari qatnashgan, axborotlar ơz kanallaridagi axborot dasturlari orqali  efirga uzatilgan.

2015 yilning 22 iyul  hamda 19 oktyabr  sanasida Respublika “Oila” ilmiy-amaliy Markazi mutaxassislari, “O`zdavdoninspeksiya” markaziy apparati, Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlar inspeksiyalari mutaxassislari ishtirokida “Zamonaviy oilani shakllantirishda keksalarning roli” mavzusida davra suhbati ơtkazilgan. Suhbat davrida zamonaviy oilani shakllantirishda boy milliy va oilaviy an'analar hamda madaniy qadriyatlarning roli, shuningdek keksalarning roli keng yoritilgan.

Ơzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 7 martdagi 128-f son hamda 12 avgustdagi 617-f son farmoyishlari ijrosi  yuzasidan Respublika va hududiy ahamiyatga  ega shaharlarda, shaharchalar va boshqa aholi  yashash punktlarini obodonlashtirish  yuzasidan, “O`zdavdoninspeksiya”ning barcha hududiy bơlinmalarida 2015 yilning 14-15 mart va 22-23 avgust kunlari umumxalq xayri  hashari ơtkazilib, obodonlashtirish tadbirlari amalga oshirilgan hamda xodimlarning bir kunlik ish haqi miqdoridagi mablag`lari ixtiyoriy ravishda “Mahalla” xayri  jamoat fondiga ơtkazib berilgan.

“O`zdavdoninspeksiya” ta'sischiligidagi “Respublika don mahsulotlarini himoya  qilish  ekspedisiyasi” davlat unitar korxonasining yordamchi er xơjaligida 2015 yilning mart oyida jami 76 ta, shundan 50 ta manzarali va 26 ta mevali daraxt kơchatlari  ekilgan.

Inspeksiya  va  ekspedisiya  mutaxassislarini qishloq xơjaligi mahsulotlariga bơlgan  ehtiyojini qondirish  yuzasidan ularga 2015 yil davomida 33347 dona tuxum, 212 kg karam, 409 kg pomidor, baqlajon va bulg`or qalampiri, 720 kg kartoshka, 231 kg sabzi, 737 kg piyoz va 558 kg gơsht mahsulotlari bozordan arzon bơlgan narxlarida etkazib berilgan.

“O`zdavdoninspeksiya”ning markaziy, mintaqaviy laboratoriyalari va ularning filiallaridagi mavjud ma'naviy va texnik jihatdan  eskirgan jihozlarni  yangi, zamonaviy, tezkor va aniq sinovlar ơtkazuvchi jihozlarga almashtirish bơyicha Respublika tovar xom-ashyo  elektron birjasiga talabnoma berilib, nisbatan arzon narxda taklif kiritgan tovar etkazib beruvchi korxonalar bilan 152,0 mln. sơmga shartnoma imzolangan va laboratoriya  uskunalari, mebel  hamda kompyuter texnikalari harid qilingan.

Ơzbekiston milliy teleradiokompaniyasi «Toshkent» teleradiokanali hamda Davlat don inspeksiyasi ơrtasida tasdiqlangan hamkorlik bơyicha doimiy Qơshma rejaga asosan 2015 yilning 14 fevral, 15 aprel  hamda 21 oktyabr  sanalarida “Toshkent” teleradiokanalining “Poytaxt” axborot dasturida Davlat don inspeksiyasi faoliyatida rơy berayotgan ơzgarishlar, amalga oshirilayotgan islohotlar va korrupsiyaga qarshi kurashish yơnalishida tegishli ma'lumotlarga  ega bơlish darajasini oshirish tơg`risida   yangiliklar mohiyatini ơzida aks  ettirgan, aholini tezkor va xolis axborot bilan ta'minlashga xizmat qiladigan tahliliy lavhalar tayyorlangan.

Soha bơyicha savollarga javob berish va takliflarni qabul qilish hamda “O`zdavdoninspeksiya” faoliyati ochiqligini  yanada ta'minlash maqsadida “O`zdavdoninspeksiya”ning markaziy apparatida “Ishonch telefoni” raqami bilan birlashtirilgan  yagona telefon raqami tashkil  etilgan.

Ơzbekiston Respublikasining 2014 yil 3 dekabrdagi ƠRQ-378-sonli “Jismoniy va  yuridik shaxslarning murojaatlari tơg`risida”gi Qonuni ijrosi  yuzasidan sohada faoliyat  yuritayotgan sub'ektlar tomonidan qonun xujjatlari talablarini tushunmagan holda yơl qơyiladigan kamchiliklarning oldini olish va tadbirkorlik faoliyatida  yuzaga kelgan muammoli masalalarni ijobiy hal  etish maqsadida “O`zdavdoninspeksiya”ga jami 21 ta, shu jumladan 8 ta yozma va 13 ta  Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaatlar qabul qilinib, kơtarilgan masalalar  yuzasidan batafsil tushunchalar berilgan hamda amaliy yordamlar kơrsatilgan.

Ơzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Rayosati majlisining 2015 yil 2 fevraldagi 6-son bayonida berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlash maqsadida 2015 yil tekshirishlar reja-jadvaliga kiritilgan tadbirkorlik sub'ektlari rơyxati qaytadan chuqur tahlil qilinib, tekshirish uchun jiddiy asoslar bơlmagan 4 ta tadbirkorlik sub'ektlari hamda Ơzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 15 maydagi “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya  qilishni ta'minlash, ularni jadal rivojlantirish yơlidagi tơsiqlarni bartaraf  etish chora-tadbirlari tơg`risida”gi PF-4725-sonli Farmonida belgilangan topshiriqlar ijrosi  yuzasidan “O`zdavdoninspeksiya” tomonidan keyingi davrdan oldingi rejali tekshirishga 3 yil bơlmagan 3 ta tadbirkorlik (jami 7 ta ) sub'ektlarni  reja-jadvalidan chiqarish tơg`risida Kengashga taklif kiritilgan va ular reja-jadvaldan chiqarilgan.

Ơzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 15 maydagi PF-4725-sonli Farmoni ijrosi  yuzasidan “O`zdavdoninspeksiya”ning 2015 yil 22 maydagi 44-i son buyrug`i bilan Rejali tekshirish davriyligidan kelib chiqqan holda “O`zdavdoninspeksiya” tomonidan tadbikorlik sub'ektlari faoliyatini tekshirishlarning yillik muvofiqlashtirilgan reja-jadvallarini shakllantirishning aniq asoslangan tamoyillari tơg`risidagi Nizomning  yangi tahriri tasdiqlandi. Ushbu Nizomga asosan Inspeksiya  nazoratidagi mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xơjaliklarini tekshirish rejali tartibda tơrt yilda bir martadan, boshqa xơjalik sub'ektlarida  esa faqat Ơzbekiston Respublikasi Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi respublika kengashi qaroriga asosan uch yilda bir martadan kơp bơlmagan tartibda amalga oshirilishi belgilangan.

“O`zdavdoninspeksiya”ning 2015 yil 25 maydagi 45-i son buyrug`i bilan “Don va donni qayta ishlash mahsulotlarining sifati, saqlanishi va ulardan oqilona foydalanishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish Yơriqnomasi”ga ơzgartirish va qơshimchalar kiritilib uning  yangi tahriri tasdiqlangan va mazkur yơriqnomaga asosan tadbirkorlik sub'ektlarda moliya  xơjalik faoliyati bilan bog`liq bơlmagan tekshirish ơtkazish muddati 10 kalendar  kundan oshmasligi belgilangan.

Adliya  va Iqtisodiyot vazirliklari bilan kelishilgan tadbirkorlik sub'ektlarida ơtkazilgan profilaktika ishlarining samaradorligi asosida Davlat don inspeksiyasi faoliyatini baholash mezonlari tơg`risidagi Nizomi ishlab chiqilgan va “O`zdavdoninspeksiya ”ning buyrug`i bilan tasdiqlangan.

Davlat resursidagi don va barcha turdagi don mahsulotlarini qabul qilish, saqlash va qayta ishlash bilan shug`ullanadigan tadbirkorlik sub'ektlarida ơtkazilgan tekshirishlar jarayonida aniqlanadigan asosiy kamchiliklar va ularga yơl qơyilishining oldini olish  yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika Kengashida tashkil  etilgan “Tekshirishlar.uz” veb saytiga “O`zdavdoninspeksiya” faoliyati va yơnalishidan kelib chiqib, tadbirkorlik sub'ektlari bilan olib borilayotgan ishlar  yuzasidan maqola matni tayyorlangan va veb saytiga joylashtirilgan.

Davlat don inspeksiyasi tomonidan tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatida kompleks tekshirish ơtkazishdan oldin qonunbuzilish holatlarini aniqlashga qaratilgan profilaktika ishlarini tashkil qilish va kamchiliklarni bartaraf  etish imkoniyatini berish Mexanizmi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan.

2015 yilning iyun -sentyabr  oylarida “Ơzdavdoninspeksiya”ning markaziy apparati va Qoraqalpog`iston Respublikasi hamda viloyatlar hududiy bơlinmalari tomonidan markaziy viloyat va tumanlar  gazetalarida “O`zdavdoninspeksiya” faoliyati va xizmatlari tơg`risida hamda 13 noyabr  sanasida “Korrupsiya-taraqqiyot zavoli” mavzusida “Qishloq hayoti” gazetasida maqolalar chop  etildi.

“O`zdavdoninspeksiya”da korrupsiya  holatlarini oldini olinishiga qaratilgan tizimni joriy  etish bơyicha 2015 yilning 22 may kuni chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi va inspeksiya  tomonidan amaldagi normativ-huquqiy xujjatlari  ekspertizadan ơtkazildi. Shuningdek, inspeksiya  mutaxassilarining ơz faoliyatida korrupsiyaga qarshilik kơrsatish  yuzasidan huquqiy saviyasini oshirish hamda vakant bơlgan ish ơrinlariga nomzodlarni faqat tanlov asosida jalb  etish, ularni joylashtirish bơyicha tegishli ishlar olib borilmoqda.

Toshkent kimyo-texnologiya  institutining “Don va donni qayta ishlash” yơnalishi bơyicha 3 nafar magistratura bosqichida tahsil olayotgan mutaxassisga “O`zdavdoninspeksiya”ning markaziy laboratoriyasida zamonaviy jihozlardan foydalangan holda amaliyot ơtashi uchun sharoit  yaratib berilgan.

2015 yilning 26 iyun  sanasida “O`zdavdoninspeksiya”ning sifat menejmenti tizimi samaradorligi ustidan ichki audit ơtkazilgan. Audit  yakuni bilan tegishli xujjat va xulosalar rasmiylashtirilgan.

Ơzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 6 noyabrdagi 321-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisining 2015 yil 10 noyabrdagi 86-son bayon topshiriqlariga asosan “O`zdavdoninspeksiya”ning barcha darajadagi turli lavozimlariga nomzodlarni tanlashning aniq mezonlari belgilangan.

2015 yilning  yanvar-dekabr  oylarida “O`zdavdoninspeksiya ” mutaxassislarining mas'uliyat va javobgarligini oshirish, mansabdor shaxslarni huquqiy saviyasini oshirish, noqonuniy tekshirishlarni oldini olish, diniy  ekstremizm va fundamentalizm xavf-xatarlarini tahlil qilish, dinga aloqasi bơlmagan siyosiy va boshqa tajavuzkor maqsadlar ơrtasidagi farqni tushuntirish, Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatini ochiqligi, korrupsiyaga qarshi kurashish, ijro intizomini mustahkamlash, hujjatlar bilan ishlash, “Ơzbekistonning xalqaro va mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlashga qaratilgan tashabusslari”, “Ơzbekiston tashqi siyosatining asosiy prinsiplari”, “Konstitusiya  – xalqimizning donishmandligi va tafakkuri mahsuli” mavzularida tegishli mas`ul idoralar bilan xamkorlikda ơquv-seminarlar ơtkazildi.

“O`zdavdoninspeksiya”ning Attestasiya  komissiyasining 2015 yil 16 dekabrdagi bayonlari hamda 2015 yil 16 dekabrdagi 112-i va 113-i-sonli buyrug`lariga asosan 2016 yilda xơjalik  yurituvchi sub'ektlarning faoliyatini tekshirish huquqiga  ega bơlish uchun attestasiyadan ơtishi lozim bơlgan mansabdor shaxslardan 31 nafar mutaxassis, shuningdek,  egallab turgan lavozimlariga muvofiqligi  uzasidan 6 nafar mutaxassis attestasiyadan ơtkazilgan.

2015 yil 16 mart sanasida “Ơzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi davlat don inspeksiyasida kompyuterlashtirish va axborot-kommunikasiya  texnologiyalarni joriy  etish va rivojlantirish samarasini  yanada oshirish  yuzasidan chora-tadbirlar dasturi” ishlab chiqildi va Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlangan.

2015 yilning fevral  oyida “O`zdavdoninspeksiya ”ning rasmiy veb-sayti qayta modernizasiya  qilindi va davlat organlarining rasmiy veb-saytlariga bơlgan asosiy talablarga muvofiqlashtirildi. Fuqaro va tadbirkorlik sub'ektlariga qulaylik  yaratish maqsadida maxsulotlarni sertifikatlashtirish va sinov qurilmalarini metrologik tekshiruvidan ơtkazish bơyicha 2 ta arizalarni rasmiy veb-sayt orqali onlayn tarzda tơldirib, jơnatish imkoni  yaratilgan.

Ơzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 7 avgustdagi “Ochiq ma'lumotlar taqdim  etilishi hisobga olgan holda Internet tarmog`ida Ơzbekiston Respublikasining Hukumat portalini  yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tơg`risida”gi 232-son qarori ijrosi bajarilishini ta'minlash  yuzasidan 2015 yilning 14 avgust sanasida “O`zdavdoninspeksiya ” tomonidan amalga oshiriladigan ishlarni Nazorat qilish rejasi ishlab chiqildi va tasdiqlangan.

Mazkur qarorga asosan “O`zdavdoninspeksiya”ga  yuklatilgan vazifalar asosida  yuzaga keladigan ochiq ma'lumotlar tơplamlari xatlovdan ơtkazildi va ochiq ma'lumotlar tơplamlari rơyxati  2015 yil 24 avgustdagi 01/1-14/374-son xat bilan Ơzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligiga  yuborilgan.

Shuningdek, mazkur qarorning 5-bandiga muvofiq, “Ơzdavdoninspeksiya”ning ochiq ma'lumotlar tơplamlarini Ơzbekiston Respublikasi Ochiq ma'lumotlar portalida  e'lon kilinishi va belgilangan muddatlarda  yangilanishi hamda dolzarblashtirilishi masalalari bơyicha inspeksiyaning 2015 yil 11 avgustdagi 69-i-son buyrug`i bilan mas'ul shaxs tayinlangan.

Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 6 noyabrdagi 320-son “Ơzbekiston Respublikasi “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi tơg`risida”gi Qonunida belgilangan vazifalarni tơliq bajarilishini ta'minlash bơyicha kompleks choralari tơg`risidagi” qaroriga asosan 2015 yilning 11 noyabr  sanasida “O`zdavdoninspeksiya” tomonidan amalga oshiriladigan amaliy rejasi tasdiqlangan. Mazkur rejaga muvofiq inspeksiya  faoliyatida  yuzaga keladigan axborot va ma'lumotlar Ro`yhati, axborot va ma'lumotlarni OAV va idoraviy veb-saytga taqdim  etish bơyicha mas'ullar Ro`yhati ishlab chiqildi va tasdiqlangan. Shuningdek, inspeksiyaning Axborot xizmati faoliyatini  yanada takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini  yaxshilash hamda xizmat faoliyatiga  yuqori malakali mutaxassislarni (jurnalistlarni) jalb  etish bơyicha ishlar amalga oshirilgan.

Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 27 martdagi 73-son qarorida belgilangan topshiriqlar yuzasidan Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qoshidagi              “ Elektron hukumati” Ơquv markazida 2015 yilning oktyabr  oyida inspeksiya  xodimlardan 6 nafari “Elektron hukumati” va “Kompyuter texnikasi hamda internet tarmog`ida ishlarni olib borish” yơnalishlari bơyicha malakasini oshirgan. Shu bilan, hozirgi kunlarda “O`zdavdoninspeksiya” tizimida ishlayotgan rahbar, mutaxassis va texnik xodimlarining barchasini malakasini oshirilishi ta'minlangan.

Ơzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Axborot tizimlari va telekommunikasiya  masalalari kompleks majlisining 2015 yil 15 iyuldagi bayoni bilan belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida, 2015 yilning 1 avgustga qadar “O`zdavdoninspeksiya”ning xizmatlari, turli shakllar va blankalari inventarizasiyadan ơtkazilgan.

Inventarizasiya  natijalariga asosan  Yagona davlat xizmatlari reestriga “O`zdavdoninspeksiya” bơyicha tegishli ma'lumotlar kiritilgan va tơliqligi  yuzasidan doimiy nazorat ơrnatilgan.

 “O`zdavdoninspeksiya ”ning 2015 yil 25 dekabr  sanasida Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan ơrnatilgan tartibda kelishilgan holda axborot xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan 2016 yillik chora-tadbirlar rejasi tasdiqlangan.